Забур 1 - Muqaddas Kitob1–SANO 1 Shunday insonlar saodatlidir: Ular fosiqlar maslahatiga yurmaydi, Gunohkorlar yoʻlida ular turmaydi, Mazaxchilar orasida oʻtirmaydi. 2 Ha, ular Egamizning qonunidan zavq oladi, Tunu kun taʼlimotining magʻzini chaqadi. 3 Unday insonlar oqar suv boʻyiga oʻtqazilgan Daraxtlarga oʻxshaydi. Ular oʻz mavsumida mevasini beradi, Barglari aslo qurimaydi. Ular neki qilsa, muvaffaqiyatga erishadi. 4 Fosiqlar esa bunday emaslar, Shamolda toʻzgʻib ketadigan somonga oʻxshaydi. 5 Hukmda fosiqlar oqlana olmaydi, Solihlar jamoasidan gunohkorlar joy ololmaydi. 6 Egamiz solihning yoʻlini qoʻriqlaydi, Fosiqning yoʻli halokatga yetaklaydi. |
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020
Institute for Bible Translation, Russia